448
2. Geometrik shakllardan naqsh qurish.
3. Rasmda tasvirlangan chizmalarning bir o‘qqa nisbatan simmetrikligini aniqlash.
4. Berilgan o‘q simmetriyasiga nisbatan unga simmetrik shaklni yasash.
5. Bir xil ko‘pburchaklarga taqsimlagan holda maydon yuzasining necha barobar
kattaligini aniqlash.
6. Berilgan kompozitsiyani ikki hajmli geometrik shakllar yoyilmasidan yasash (konus
va silindrdan tashqari).
7.
Berilgan shakllar bir xilligi, simmetriya o‘qiga egaligi, qanday geometrik
shakllardan tashkil topganligi, ular orasida bir xillari borligini aniqlash.
8. Hajmli qutini berilgan geometrik shakllar orqali turli xil yo‘llar bilan to‘ldirish.
Shundan so‘ng bolalar bilan matematik modellash texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
«Kvadratni yig‘».
O‘yindan maqsad. Sodda geometrik shakl va uning bir necha qismlari
kombinatsiyasidan kvadrat yasash kerak.
O‘yinga tayyorgarlik. Tayyorgarlik jarayonida quyidagilar bajariladi: o‘yin kaliti
bo‘ladigan varaq- jadval o‘ylab topish va uni yasash (u o‘z ichida 3-5 qismga bo‘lingan
etalonlik kvadratlarini jamlab, 10 dan kam bo‘lmagan variantlarga ega bo‘lishi zarur);
8x8 santimetrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi turli xil rangdagi kvadratlarni tanlab,
ularni qattiq kartonga yopishtirib, pressning ostiga qo‘yish; kvadratlarni o‘ylab
topilgan jadvallar bo‘yicha joylashtirib, jadval raqamlariga muvofiq kvadrat qismlarini
raqamlab, kesib, raqamlangan konvertlarga joylashtirish; balandligi bo‘yicha
joylashadigan, bir-birining ustiga qo‘yiladigan quti yasash.
Modellashtirish.Maktabgacha kichik yosh.
1. Birlamchi kvadratning 3 qismga bo‘linishini aniqlab beradigan konvertlar taqdim
etiladi. Bola turli xil rangdagi yo‘laklarni qo‘shishni uddalay oladimi?
2. 4 qismga bo‘lingan kvadratlar qo‘shiladi, konvertlar soni tobora oshadi va o‘yin
syujeti o‘zgarishi mumkin.
Maktabgacha o‘rta yosh.
1. Uch-to‘rt qismli konvertlar taqdim etiladi. Bola rang-barang to‘g‘ri burchakli
uchburchakni yig‘ishi mumkinmi?
449
2. Konvertlar soni tobora oshib boradi hamda yig‘ish tezligi omili kiritiladi.
geometrik shakllar yoyilmasidan yasash (konus va silindrdan tashqari).
3. Turli xil o‘yin syujetlari beriladi. Masalan: «Shamol
bir necha kvadratning
qismlarini aralashtirib yubordi (4-5). Endi qanday qilib yo‘lakni qurish mumkin? Kim
raqamli yo‘lakchani rang bo‘yicha emas, balki raqam bo‘yicha qura oladi?»
Maktabgacha katta yosh.
1. Topshiriqlar bolani barcha kvadratlarni rang va raqamlar bo‘yicha joylashtirishga
yo‘naltirib, ularni qisqa muddat ichida to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirishidan iborat
(bola va yoshi katta inson o‘rtasida individual va o‘zaro aloqador).
2. Kvadratni kesish va tayyorlash bo‘yicha yangi variantli topshiriqlar beriladi: bunda
etalon kvadratlarni ajratishda bolalar muqaddam taklif qilgan variantlardan farqli
o‘laroq, ular bergan takliflarni qo‘shishi kerak; bolalar qaychi bilan ishlaganlarida
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar
matematik ta’limida modellashtirish usullaridan foydalanish ularning matematik
bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Достарыңызбен бөлісу: