Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет156/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Abdullaeva S. 6-7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini 
aniqlashda test usulidan foydalanish. // «Maktabgacha ta’lim», 2012, 1-son. –10-12-b. 
2. Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash. // 
«Maktabgacha ta’lim», 2015, 2-son. –7-10 b. 


450 
ФИО автора: Мурадова Шахло Сатторовна 
 Buxoro pedagogika kolleji 
Название публикации: «KICHIK GURUH YOSHIDAGI BOLALARIGA 
EKOLOGIK TARBIYA BERISHDA TOPISHMOQDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI» 
Annotatsiya: maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda maqollar yordamida 
ekologik tafakkurni rivojlantirish haqida fikrlar bayon etilgan
Kalit so’zlar: maktabgacha yoshdagi bolalar, tabiat, muxabbat uyg‘otish. 
Bolalarning sog‘lom va bilimli, yеtuk kadrlar bo‘lib voyaga еtishida 
maktabgacha ta'lim tarbiyasi juda - muxim o‘rin tutadi. Mazkur soxani 
takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta'lim soxasi 
uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta'lim 
muassasalarining bolalar ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat 
siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta'kidlangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga muxabbat uyg‘otish uni avaylab 
asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan o‘zbek xalq topishmoqlaridan unumli foydalana 
bilishga bog‘liq. Topishmoqni to‘g‘ri tanlash esa bolaning ekogik ta‘lim olishi, atrof 
muxit , xaqidagi bilimlarini yanada kengaytirishga , mantiqiy tafakkurini oshirishga 
xizmat qiadi.
Xalq og‘zaki ijodida topishmoq alohida janr bo‘lib, eng qadim davrlardan 
boshlab insonlarning ongi, zehni va uquvini charxlash uchun xizmat qilib kelgan. 
Topishmoqlarda istiora, ko‘chim, kinoya, qochirim yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma 
ma‘noda ishlatib, imo- ishora berish vositasida yashirilgan narsani topish talab qilinadi. 
Topishmoq aytuvchining ham, topuvchining ham xotirasi kuchli bo‘lishini talab 
qilanadi. Ular diqqatlarini jamlashga, gapirilayotgan har bir jumlaning mohiyatiga 
e‘tibor qilishga o‘rganadilar. Topishmoqlar mazmuniga ko‘ra :
• uy hayvonlariyovvoyi hayvonlar haqidagi topishmoqlar,
• o‘simliklar haqidagi va boshqa turlarga ajratiladi
• mevalar haqidagi,


451 
• parrandalar haqidagi topishmoqlarga bo‘linadi.
Topishmoq tanlashda bolalarning yosh va ruhiy xususiyatlarini xisobga olish 
juda muhimdir. Kichik guruhlarda bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtiruvchi, ijtimoiy 
hayot hodisalariga qiziqishlarini tarbiyalovchi, atrofidagi narsalar, odamlar haqida 
ma‘lumot beruvchi topishmoqlardan foydalaniladi.Bu yoshdagi bolalar uchun 
tanlangan topishmoqlar, tabiiy ravishda, juda ixcham shaklda, soda tilda, ohangdor 
jumlalar yordamida yaratilgan bo‘lishi kerak. Topishmoqlarda biron narsa ikkinchi bir 
narsaga istiora san‘ati vositasida o’xshatiladi va eng muhim xususiyatlari haqida 
ma‘lumot beriladi. Masalan: «Yer tagida oltin qoziq, U xammaga bo‘lar oziq» 
topishmog’ini olaylik. Bu topishmoq matnida yashiringan narsaning uchta muhim 
belgisi qayd etilgan:
1. Yer ostida ekani.
2. Oltinning rangida, ya‘ni sariq ekani.
3. Qoziqqa o’xshashligi.
Bu belgilar orqali bolalar topishmoqning javobi sabzi ekanini topishadi. 
Tarbiyachi bolalarga topishmoq aytayotganida quydagi tamoyillarga e‘tibor 
berishi lozim:
1. Topishmoqlarning tushinarlilik tamoyili. Bu tamoyil bolalarning bilish
imkoniyatlarining hisobga olishni imkoniyatlar o‘sishi bilan topishmoqlarni
murakkablashtirib borishni talab etadi.
2. Topishmoqning bola ruhiy-ma’naviy olamini rivojlantirish va ularni
tarbiyalashga qaratilganlik tamoyili. Xalq topishmoqlari bolalarning estetik didini, 
ya‘ni go‘zallikni his etish tushunish qobiliyatini tarbiyalaydi, shu orqali ularning 
murg‘ak qalbida axloqiy fazilat;arning qaror topishi uchun zamin hozirlaydi.
3. Topishmoqlarning ko’rsatmaliligi tamoyili. Xalq topishmoqlaridan 
foydalanishda ko‘rgazmali qurollar bolaning qiziqishini yanada oshiradi. 
Topishmoqning mazmunini tushunishni osonlashtiradi.
4. Topishmoqning mashg’ulot mavzusi bilan aloqadorligi tamoyili. 
Topishmoqlar mashg‘ulotning mavzusiga mos bo‘lishi, aniq tizimga solingan bo‘lishi, 


452 
nimanidir o‘rgatishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Shunda ko‘zlangan maqsadga 
erishish imkoniyati kengayadi.
5. Topishmoqning murakkablashib borishi tamoyili. Kichik yoshda sodda, kam
so‘zli topishmoqlardan foydalanilsa, katta yoshda bolani o‘ylash, fikrlashga 
undaydigan qiyoslash, xulosa chiqarishni talab qiladigan murakkab topishmoqlar 
tavsiya etiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan xolda,tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi 
bolalar uchun topishmoqlar tanlashda quyidagi talablarga qat‘iy rioya qilsalar bizning 
oldimizga qo‘ygan maqsadimiz samarali natijalar beradi:
a) topishmoqlarning bola yoshiga mosligiga, ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga;
b) topishmoqning tushunarliligiga ,badiiy tiliga, nechta va qanday so‘zlardan 
tarkib topganligiga;
d) topishmoqning MTM lari uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlariga 
muvofiqligiga.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет