Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет157/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. M.Haydarov. Xalq og‘zaki ijodi na‘munalarida tarbiya masalalari.-Т.: Fan, 
2014.-B.-12.
2. Nutq o‘stirish.(Bolalar bog‘chalari uchun she‘r va topishmoqlar to‘plami).
Toshkent. 2012 –yil


453 
ФИО автора: Ortiqova Gulshan Toshpo’latovna 
Buxoro pedagogika kolleji
Название публикации: «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIIDA 
BOLALARNING IJODIY FAOLIYATI» 
Annotatsiya: maqolada maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya 
mashg‘ulotlarini o’tkazish usullari haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: Мaktabgacha ta’lim muassasasi, applikatsiya mashg‘ulotlari, 
malaka , ijodiy faoliyat. 
Applikatsiya ishiga o‘rgatishning asosiy maqsadi – tevarak-atrofdagi borliqni 
tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, 
estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. 
Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos 
tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy 
bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.
Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan 
ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada 
ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik 
o‘ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – 
ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya 
grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik desa bo‘ladi. 
Applikatsiyaing asosiy belgisi chamalash bo‘lib hisoblanadi.
Applikatsiya o‘ziga xosligi u katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning 
ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida 
ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning 
ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni 
bilishga sharoit yaratadi. Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga 
javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini 
ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlarni, simmetrik 


454 
chamalashni rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma–bosqich ko‘rsatish 
malakasini ko‘rsata oladi.
Мaktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik 
guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar 
tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib 
chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarga yelimlash 
usullarini o‘rgatishdir.
Кattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket 
bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina yelim olish, 
shaklni teskarisi bilan qo‘yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, 
surayotgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga 
ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining 
kerak joyiga qo‘yish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan 
ortiqcha yelimni sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni 
egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu 
shakllardan ishni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri 
aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkaziladigan applikatsiya 
mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda 
bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, 
qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti-
yetti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim. Bu 
guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati yetarli taraqqiy 
etmagan va hali qurish nazorati yetarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi 
xavf tug‘dirishi mumkin.
Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun 
beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning 
rangi bolalarni diqqatini tortib ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlabki 
mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. 
Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar 
materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab 


455 
elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim 
ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishni 
namuna bilan birgalikda olib borish kerak. namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi 
shaklning rangini aniq atashi va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning 
xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini 
ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. 
shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni 
oldi, qanday ishlab qo‘yib yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir 
harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning 
rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan 
qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar bilan guruh xonasini bezatish mumkin. 
Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan 
appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli 
va syujetli mashg‘ulotlariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l 
bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет