827
ФИО автора: Xolmatova Muhayyo Abdukadirovna,
Toshkent viloyati, Parkent tumani 27-maktab kimyo fani oʻqituvchisi
Название публикации: «KIMYO FANINI O'QITISHDA INNOVATSION
TA’LIM»
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanini o'qitishda innovatsion ta’lim
borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Kimyo kursi, anorganik kimyo, kimyoviy jarayonlarni boshqarish,
zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish.
Ma’lumki, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash bilan bog’liq
masalalar U.Yo’ldoshev, R.Boqiyev, F.Zakirova va boshqalar tomonidan olib borilgan
tadqiqot ishlarida o’rganilgan. Kimyoni o’qitish samaradorligini oshirishda kompyuter
vositalaridan foydalanishga bag’ishlangan ishlar juda kam, bor manbalarda ham
axborot texnologiyalarining o’quv jarayonidagi imkoniyatlari yetarlicha ochib
berilmagan. Kimyoni o’rganishda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish
samaradorligini o’rganishga bag’ishlangan ishlar juda kam. Bor manbalarda o’quv
tarbiyaviy jarayondagi imkoniyatlari yetarlicha to’liq ochib berilmagan.
Kimyo
kursini, xususan, kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali” bo’limni
yangi metodlardan foydalanib, kompyuter texnologiyasi bilan birga o’tish dasturlari
ishlab chiqarilmagan. Kimyo o’quv predmetini elektron qo’llanmalardan foydalanib
o’qitish va umuman mavzu yuzasidan elektron qo’llanmalar bo’yicha qator maqola va
internet saytlari mavjud. Bu borada xorijda yaratilgan P.A. Freshneyning “Education
Periodic Table” elektron qo’llanmasi kimyoviy elementlar davriy jadvali elektron
ko’rinishda bo’lib, har bir kimyoviy elementning qachon va kim tomonidan kashf
qilingani, ularning tabiatda ko’rinishi, ularning birikmalari, xossalari, dunyo хaritasida
elementlarning joylashgan o’rni, element atomlarning fazoviy tuzilishining harakatli
holati to’liq ma’lumot olish imkonini beradi.
829
Anorganik kimyoda kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali”
mavzusini uslubiy jihati mukammal bo’lishida zaruriy ko’rgazmalar va o’qitish
vositalaridan samarali foydalanish juda muhim. Fandagi ba’zi yangi atamalarni
izohlashning usulublarini ishlab chiqish talab etiladi. Mavzu bibliografik xarakterga
ega bo’lib, darslikdagi ma’lumotlar chegaralanishi darsni “zerikarli” holatga olib
kelishi mumkin. Kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’qituvchiga ayni
fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarish,
zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan nafaqat sanoat, qishloq
xo’jaligi miqyosida, shuningdek kundalik turmushda, oilada foydalanishning umumiy
yo’nalishlarini ko’rsatib berishdan iborat bo’lishi kerak.
Достарыңызбен бөлісу: