Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет313/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   328
Использованная литература: 
1. Каримов И.А. Узбекистан – страна с большим будущим.- Т.: Узбекистан, 1998.
2. Каримов И.А. Мечта о гармонично развитом поколении. - Т.: Издательско-
полиграфический концерн "Шарх", 1999.
3. Шавкат, временно исполняющий обязанности Президента Республики 
Узбекистан Совет министров иностранных дел Организации исламского 
сотрудничества Мирзиёева выступление на церемонии открытия сессии.
4. Афзалов М., Расулов Х., Хусанов З. Узбекские народные сказки. - Т.: 1963.
5. Государство с разумом. Сборник народных сказок. - Т.: Учитель, 1995.
6. Джумабоев М. Узбекская и мировая детская литература. - Т., 1996.
7. Джумабоев М. Большая детская литература. - Т., 2002. 
8. Minamatov Yu.Е. IMPORTANT ASPECTS OF CLOUD TECHNOLOGY, 
Экономика и социум.-2021.- №11(90) 
9. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING 
TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.
 
 
 
 


946 
ФИО автора: Safarova Sharofat Tuxtayevna,
Toshkent shahar Chilonzor tumani, 
164- maktabning matematika fani o'qituvchisi 
Название публикации: «GEOMETRIYA FANINI AKT YORDAMIDA O'QITISH 
METODIKASI» 
Annotatsiya: Maqolada fan va texnika rivojlanayotgan hozirgi paytda ta’lim 
sohasida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning 
ta’lim 
samaradorligini oshirishdagi o’rni haqida fikr yuritilgan, shu jumladan AKT 
vositalarini geometriya darslarida qo’llashning amaliy ahamiyati aniq misollar 
yordamida ko’rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: AKT, AKT dasturlari, dasturiy vosita, animatsiyalar, web sayt.
Ayni paytda bu umumiy yo’nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, 
ta’lim turlari va yo’nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o’qitish metodlari 
va vositalari kabi yo’nalishlarda xususiylashadi. Ta’limda uzviylik va 
integratsiyalashuv bilan birgalikda o’qitish metodlari va vositalarini ham yangilash va 
qayta ko’rib chiqish lozim. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlar 
o‘qituvchilar oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda. Bu vazifalar har tomonlama 
rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, ijodkor, aqlli va nozik didli yoshlarni 
tarbiyalashdan iborat bo‘lib, hozirgi zamon o‘qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, 
o‘qish va o‘qitishga yangicha munosabatni, fidoiylikni talab qiladi. “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da qator vazifalar belgilab berilganki, bu vazifalarga 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy 
etishni ta’minlash hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv 
adabiyotlari, zamonaviy jihozlar shu jumladan, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlari 
bilan cheklab qolmasdan, balki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, ularning har 
tomonlama yetuk kadrlar qilib tayyorlashida muhim rol o‘ynaydi. Ta’limdagi axborot 
texnologiyalari keng me’yoriy tushuncha bo‘lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana 


947 
shu texnika, texnologiyadan foydalanishni taqozo etadi. Chunki, zamonaviy o‘qitish 
texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
fanlarni yangicha uslublarda o‘qitishni nazarda tutmoqda. Shu munosabat bilan barcha 
o‘quv fanlari qatori geometriya fani oldiga ham aniq vazifalar qo‘yildi.
Geometriya darslarida tabaqalashgan guruhlar bilan ishlashda axborot 
texnologiyalarini qo‘llash o‘qituvchiga katta yordam beradi. O’quv-tarbiya jarayonida 
axborot texnologiyalarini quyidagi shakllarda foydalanish ko‘zda tutiladi:
✓ muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;
✓ kompyuter darslari ko‘rgazmali material sifatida;
✓ o‘quvchilarning guruhli va jamoaviy ishlarini takomillashtirish va hokazo.
Umumta’lim maktablarida geometriya fanini o‘qitishda yangi pedagogik 
texnologiyalardan yoki axborot texnologiyasidan foydalanish uchun quyidagi 
dasturlardan: Macromedia Flash, Microsoft Front Page singari HTML muharrirlari va 
Microsoft Word, Adobe Photoshop, Corel Draw kabi dasturiy vositalardan foydalanish 
mumkin. Axborot texnologiyalari yordamida geometriya fani o‘qitilsa, quyidagilarga 
erishiladi:
✓ elektron o‘quv qo‘llanma imkoniyatlaridan foydalanib, o‘quvchilarga mavzuni 
to‘liq tushuntirish imkoniyati oshadi;
✓ ularning bilim, ko‘nikma va malakalari oshadi;
✓ harakatli tasvirlar va animatsiyalar o‘quvchilarning tasavvurlarini 
kengaytirishda muhim rol o’ynaydi;
✓ amaliy ishlarga, ya’ni misol va masalalar yechishda, hayotiy misollar 
keltirishga, o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkazishga ko‘proq vaqt ajratiladi;
✓ o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi;
✓ o‘quvchilar darsdan ijobiy saboq oladilar, darsga nisbatan qiziqish oshadi;
✓ o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik 
o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi. 


948 
Geometriya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda 
mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish 
imkoniyatlarini beradi. Asosiysi, axborot texnologiyalari - chizma, diagramma, 
jadvalko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil o‘qish 
va o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
axborot texnologiyalari orqali yangi pedagogik texnologiyalarni kiritilishi, o‘quvchi va 
o‘qituvchi faoliyati, ularning darsdagi o‘rni va vazifalarini keskin o‘zgarishiga olib 
keladi. Shu bilan birga darsning samaradorligi ortadi, o‘quvchilar bilimlarini 
o‘zlarining kuchi, qobiliyati va tempiga asosan qabul qilishi va ularni mustaqil ravishda 
o‘zlashtirishiga olib keladi. Geometriya fanida axborot texnologiyalari AKT dan talim 
jarayonida foydalanish, talim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat 
hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi 
farqni mazkur slayddan bilb olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida mustqail 
ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi 
yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Yuqori sinf matematika dasturida 
geometrik material katta o‘rinni oladi. Geometrik materialni o‘rganishning asosiy 
maqsadi fazoda to’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyatlari, fazoviy jismlar, 
ularning elementlari, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to‘la tizimini 
tarkib toptirishdan iborat.Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik 
figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning 
yordamisiz o‘lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda 
chizish va hokazo) tarkib toptiriladi, o‘quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda 
rivojlantiriladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет